Tariflar
Oyiga nechta mijoz bilan gaplashsangiz — shunga qarab tanlaysiz. Hisob har oyning 1-kunida yangilanadi.
Narxlar so'mda. Avtomatik yechib olish yo'q, karta saqlanmaydi. Muddat tugasa tarif Free'ga qaytadi.
Tariflar haqida savollar
Joriy oyda sizga kamida bitta xabar yozgan yoki sizdan javob olgan mijoz. Bir mijoz oyda yuz marta yozsa ham bitta hisoblanadi. Oy almashganda hisob nolga tushadi.
AI menejer mijozga yuborgan bitta javob. Model xato bergan yoki javob yetib bormagan holat sanalmaydi. Limit tugasa AI to'xtaydi, avtomatlashtirish va siz o'zingiz yozgan xabarlar ishlayveradi.
Inbox to'liq ishlaydi: har qanday mijozga o'zingiz yoza olasiz. Faqat avtomatik xabarlar va AI to'xtaydi, ilova ichida bu haqda yozuv chiqadi. Keyingi oyda hammasi qaytadan ochiladi.
Ilovada «Tarif» bo'limidan istalgan vaqt. Yangi tarif to'lov tasdiqlangan zahoti ishga tushadi; joriy oydagi hisoblagichlaringiz nolga tushmaydi, faqat chegara o'zgaradi.
Yo'q. Karta ma'lumotlari saqlanmaydi, avtomatik yangilanish yo'q. Har to'lov — bitta oy yoki bitta yil. Muddat tugasa tarif Free'ga qaytadi, ma'lumotlaringiz joyida qoladi.
Ha, ro'yxatdan o'tganda Pro imkoniyatlari bilan sinov davri beriladi, karta shart emas. Muddati va qolgan kunlar kabinetda ko'rinadi. Tugagach hech narsa yechilmaydi — tarif Free bo'lib qoladi.
Avtomatik sotuv — endi hamma uchun
14 kun Pro bepul, keyin xohlasangiz Free'da qolasiz. Karta shart emas.
Bepul boshlash