ImkoniyatlarTariflarMini-kursSavollarYordam
Ilovaga kirish
ImkoniyatlarTariflarMini-kursSavollarYordam
Ilovaga kirish
© 2026 GetChat

Ma'lumotlarni o'chirish

Oxirgi yangilanish: 24.07.2026

GetChat siz ulagan Instagram akkaunt orqali kelgan xabarlar va mijozlaringiz ma'lumotini saqlaydi — uni ilova ichida yoki bizga xat yozib o'chirishingiz mumkin.

1-usul — ilova ichida. Eng tez yo'l shu. Barchasi Sozlamalar → Ma'lumotlar va o'chirish bo'limida turadi, va bu yerda ikki xil imkoniyat bor.

Faqat mijozlaringiz ma'lumotini tozalamoqchi bo'lsangiz, «Mijozlar ma'lumotini o'chirish» ni tanlang va tasdiq uchun loyiha nomini yozing. Kontaktlar, dialoglar, xabarlar, savol-javoblar va konkurs g'oliblari ma'lumoti o'chadi. Akkauntingiz, ulangan kanallar, avtomatlashtirishlar va tarifingiz o'z joyida qoladi.

Butun hisobdan voz kechmoqchi bo'lsangiz, o'sha bo'limdagi «Profilni o'chirish» ni bosing. Hisobingiz emailiga bir martalik kod yuboramiz; kodni kiritganingizdan keyin profil, ulangan kanallar, avtomatlashtirishlar, AI sozlamalari, jamoa a'zolari va barcha mijoz ma'lumoti o'chadi. Ikkala amal ham darhol bajariladi.

2-usul — email orqali. Ilovaga kira olmasangiz, hello@getchat.io ga yozing. Mavzuni «Ma'lumotlarni o'chirish» deb qo'ying, xatda Instagram username'ingiz bilan hisob emailingizni ko'rsating. So'rovni 30 kun ichida bajarib, tasdiq xatini yuboramiz.

Instagram'dan nimani olamiz. Siz professional akkauntni ulaganingizda biz uning profil ma'lumotini — username, akkaunt turi va profil rasmini — hamda kelgan xabarlar va izohlarni ko'ramiz. Profilingizni o'chirganingizda bularning hammasi, Instagram kirish tokenlari bilan birga, tizimdan yo'qoladi.

Nima saqlanib qoladi. To'lov yozuvlarini buxgalteriya va soliq talablari yuzasidan saqlashimiz shart. Bu yozuvlarda to'lovchining nomi va emaili qoladi, shuning uchun profil o'chganda ham ular saqlanib turadi.

Xizmat ko'rsatuvchi:
Yakka tartibdagi tadbirkor ABDUHAMIDOV ABDUSHUKUR VALI O'G'LI
STIR: 541623391
Davlat ro'yxati: № 7811059, 08.06.2026
Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Choshtepa 13-berk ko'chasi, 3/5
Email: hello@getchat.io · Sayt: getchat.io

Instagram uchun avtomatlashtirish platformasi.

© 2026 GetChat
Sahifalar
ImkoniyatlarTariflarMini-kursYangiliklarSavollarYordam
Huquqiy ma'lumot
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariMa'lumotlarni o'chirish
Aloqa
hello@getchat.ioYordamTelegramInstagram