Instagram'ni to'liq boshqarish uchun barcha vositalar
Har biri — jonli demo bilan. O'zingiz bosib ko'ring.
Avtomatlashtirish
Izoh, Direct va Storiesdagi kalit so'zlarga avtomatik javob bering. Obunani tekshiring, eslatma yuboring — bironta mijoz e'tibordan chetda qolmaydi.
- Javob istalgan joydan boshlanadi: post izohi, Direct'dagi so'z, Storiesga javob
- Salomlashish, obuna sharti va sovg'a-xabarlar — rasm, video va tugmalar bilan
- Vizual muharrir: bloklarni ulab yig'asiz, «faqat bir marta» sozlamasi bor


AI-menejer
AI faqat siz bergan katalog va ma'lumotlarga tayanadi — o'zidan hech narsa to'qimaydi. Qiyin savolni operatorga uzatadi.
- Biznes ma'lumotlari — fayl, matn yoki saytdan yuklanadi
- Savol-javoblar (FAQ) va o'z ko'rsatmalaringiz
- Javobsiz qolgan savollarni yig'ib beradi — nimani qo'shish kerakligini ko'rasiz
Konkurslar
Post ostidagi izohlardan g'olibni adolatli tanlang va slot-mashina animatsiyasi bilan jonli e'lon qiling.
- Bir nechta g'olib va zaxira ishtirokchi
- Shartlar: obuna, do'st belgilash, kamida nechta izoh
- Ishtirokchilar ro'yxatini yuklab olish
Yagona Inbox
Barcha yozishmalar bitta oynada, real vaqtda. Rasm-video yuboring, izohlarga javob bering, jamoa bo'lib ishlang.
- Yangi xabar bir soniyada ekranda
- Video, rasm va fayl yuborish
- Bir nechta operator, har biriga o'z roli
Mijozlar bazasi
Har bir mijoz — o'z kartochkasida: teglar, obuna holati, yozishmalar va xaridlar tarixi. Instagram uchun tayyor CRM.
- Teg qo'yib, guruhlarga ajratasiz
- Kim obuna, kim faol — bir qarashda
- Kontaktlar soni tarifga bog'liq
| Mijoz | Holat |
|---|---|
![]() | Obuna |
![]() | Obuna |
![]() | Yangi |
Analitika
Nechta odam yozgani, javob tezligi va nechta suhbat sotuvga aylangani — real vaqtdagi grafiklarda.
- Auditoriya o'sishi grafigi
- Avto-javoblar nechta suhbatni qamragani
- Faollik va o'rtacha javob vaqti


